Gruziyaning “Rustavi 2” telekanali boshlovchisi Georgiy Gabuniya 7 iyulda o‘zining mualliflik dasturini Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomiga so‘kinish bilan boshlab Gruziyada mojaro keltirib chiqardi.
Uning bu xatti-harakati telekanal binosi yonida norozilik namoyishlari boshlanishiga olib kelgan. Namoyishchilar “Gruziya Rustavi 2’siz” deb hayqirishgan va telekanal binosi tomon supurgilar otishgan.
Vaziyatga Gruziyaning rasmiy shaxslari izoh berishdi. Jumladan, prezident Salome Zurabishvili boshlovchining bu qilmishini qoralagan va uning bu ishi gruzin an’analariga to‘g‘ri kelmasligi hamda ikki davlat o‘rtasida oxirgi kunlarda o‘zi shundoq ham taranglashgan munosabatlarning yanada yomonlashishiga olib kelishini aytgan. Bosh vazir Mamuka Baxtadze ham teleboshlovchini qoralagan.
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili “haqiqatni madaniyatli shaklda bildirish kerakligini”, “axloq doirasidan chiqish va jazavaga tushish” esa faqatgina zarar keltirishini aytgan.
O‘z navbatida telekompaniya direktori Nika Gvaramiya boshlovchi pozitsiyasiga qo‘shilishini, biroq jonli efirda so‘kinishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytgan. Telekanal o‘z jurnalistining qilmishi uchun tomoshabinlardan uzr so‘ragan.
Ayni vaqtda telekanal efirni vaqtinchalik to‘xtatgan. Gvaramiyaning aytishicha, telekanal xodimlariga namoyishchilar tomonidan xavf solinmoqda. U jurnalistlar xavfsizligi ta’minlanishiga chaqirgan.
Rossiya va Gruziya o‘rtasidagi munosabatlar Rossiya delegatsiyasining Tbilisida o‘tgan Pravoslaviya parlamentlararo assambleyasi sessiyasidagi ishtiroki sababli iyun oxirida keskinlashgandi. Tbilisida Rossiya davlat dumasi deputati Gruziya parlamenti spikeri kursisiga o‘tirgandan keyin norozilik namoyishlari boshlangan. Putin ushbu voqealar ortida 8 iyuldan Gruziya bilan aviaaloqani to‘xtatishga qaror qilgan hamda rossiyalik turoperatorlarga Gruziyaga turistik yo‘llanmalar sotmaslikni tavsiya qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?