Gruziyaning “Rustavi 2” telekanali Rossiya prezidenti Vladimir Putinni haqorat qilgan teleboshlovchi Georgiy Gabuniyani 2 oyga ishidan chetlatdi. Bu haqda telekanal saytida ma’lum qilingan.
7 iyulda Gabuniya o‘zining mualliflik dasturi “P.S.” efirida Putin nomiga haqoratomuz so‘zlar aytgan. U Putindan tashqari, uning marhum ota-onasi sha’niga ham kurakda turmaydigan so‘zlar aytgan.
Jurnalistning ushbu qilmishi tomoshabinlarni achchiqlantirgan va Tbilisida yuzlab odamlar telekanal binosiga kelib, boshlovchini va “Rustavi 2” bosh direktori Nika Gvaramiyani o‘z lavozimidan bo‘shatishni talab qilishgan. Keyinroq telekanal rahbariyati ushbu hodisa uchun uzr so‘ragan.
Gabuniyaning qilmishini Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili va bosh vazir Mamuka Baxtadze ham qoralagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi