Sankt-Peteburgdagi nonvoyxonada o‘zbekistonlik ayolga travmatik to‘pponchadan o‘q uzildi (video)

Sankt-Peteburgdagi nonvoyxonada o‘zbekistonlik ayolga travmatik to‘pponchadan o‘q uzildi (video)
Foto: «Nevskiye novosti»
7 iyul, yakshanba kuni noma’lum shaxs Sankt-Peteburgdagi Novocherkass prospektida joylashgan nonvoyxonaga bostirib kirgan, deb yozadi «Nevskiye novosti» nashri.

Xabarda aytilishicha, bu yerda yuzaga kelgan mojaro natijasida erkak travmatik to‘pponchadan nonvoyxona xodimasiga o‘q uzgan. O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mazkur ayol o‘rta darajadagi jarohat bilan kasalxonaga yetkazilgan.
Sankt-Peteburgdagi nonvoyxonada o‘zbekistonlik ayolga travmatik to‘pponchadan o‘q uzildi (video)
Foto: «Nevskiye novosti»
Keyinchalik politsiya gumonlanuvchini qo‘lga olgan. Unga nisbatan «Bezorilik» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar