Foto: Sputnik (Pixabay)
Qozog‘istonning Olmaota shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari ishlab kelayotgan fohishaxona aniqlandi. Bu haqda Olmaota shahar politsiya departamenti ma’lumotlariga tayanib Sputnik xabar qilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fohishaxona Olmaotaning Alatau tumanida ko‘zdan nariroq joyda joylashgan mehmonxonada aniqlangan.
«Kechqurun soat 11 lar atrofida «ish joyida» 19 nafar yengiltak qiz bo‘lgan, ulardan ikkitasi O‘zbekiston, yana ikkitasi esa Qirg‘iziston fuqarolaridir», — deyiladi qozoq politsiyasi xabarida.
Fohishaxonaga mehmonxonaning boshqaruvchisi bo‘lgan 47 yoshli ayol egalik qilgan. Ayol qo‘lga olingan va unga nisbatan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 301-moddasi 1-qismi bilan («Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash») jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda unga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi