date
views 3 538

AQShda 600 mingdan ortiq kishi sirli "51-hudud"ni ishg‘ol qilmoqchi ekanligini bildirdi

AQShda 600 mingdan ortiq kishi sirli "51-hudud"ni ishg‘ol qilmoqchi ekanligini bildirdi
600 mingdan ortiq kishi Facebook orqali Nevadadagi "51-hudud" harbiy bazasini ishg‘ol qilish istagini bildirdi, ushbu tadbir ishtirokchilarining maqsadi go‘yoki u yerda saqlanayotgan o‘zga sayyoraliklarni ko‘rishdir.

Tadbir tashkilotchilarining aytishlaricha, qatnashchilar Alien Center turistik markazida to‘planishadi. Hozirga qadar 600 mingdan ortiq kishi tadbirda qatnashish istagini bildirgan bo‘lib, u 20 sentyabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Jamoatchilikning fikricha, AQShning Nevada shtatida joylashgan "51-hudud" harbiy bazasida o‘zga sayyoraliklar jasadi saqlanadi. Ushbu baza nima maqsadda tashkil etilganligi aniq emas, AQSh hukumati uning mavjudligini 2013 yildagina tan olgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda 600 mingdan ortiq kishi sirli "51-hudud"ni ishg‘ol qilmoqchi ekanligini bildirdi