Motion-dizayner va 3D rassom Aleksandr Kurt sun’iy neyron tarmoqlari yordamida Putin va Trampni bitta odamda birlashtirdi. Bu haqda Tjournal'ga tayanib Daryo xabar qildi.
Buning uchun u DeepFaceLab dasturidan foydalangan va Adobe After Effects yordamida post-progressingni amalga oshirgan. Natijada «Janob Tramputin» paydo bo‘ldi.
«Natija juda ham realistik chiqdi. Videoda boshqa ko‘pgina «dipfeyk»lar singari hech qanday aniq artefaktlar yo‘q», — deyiladi xabarda.
Algoritmni tayyorlash uchun Kurt 240 ming «neyroset» davrini o‘tkazdi, ya’ni sun’iy neyron tarmog‘i bir ma’lumot to‘plamini 240 ming marta o‘rgangan.
Dizayner video uchun asos qilib, Trampning nutqidan iborat 26 soniyali matnni ishlatdi va u yerda Yevropa Ittifoqining AQShga nisbatan qo‘pol munosabati haqida gapirdi. Kurt, videoni siyosiy bayonot uchun emas, balki eksperiment sifatida tasvirlab berdi.
Kurtning sun’iy neyron tarmoqlari orqali yaratgan yuqori sifatli videosi yagona emas. Buning uchun u Tiefenschwindel nomli alohida loyihasini boshladi.
«Ijtimoiy tarmoq» filmida Jesse Ayzenbergga Mark Sukerbergning «yuzini qo‘yish»i va Leonardo Di Kaprioning «yosharishi»ni uning ishlariga misol qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Global Janub kimniki?
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi