Turkmaniston prezidentini o‘ldiga chiqargan siyosatshunos uning yaqinlaridan uzr so‘radi

Foto: Facebook / Aslan Rubayev
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘limi haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmadi. Bu haqda Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayev Facebook‘dagi akkauntida post qoldirgan.
Uning aytishicha, oldinroq olingan ma’lumotlar o‘sha manbaning o‘zi tomonidan inkor etilgan.
«Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘limi haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmaganidan juda mamnunman. Prezidentning qarindoshlari va yaqinlari, shuningdek, Turkmanistonning barcha fuqarolaridan uzr so‘rayman», — deb yozgan Rubayev.
Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning vafot etgani haqida «Govorit Moskva» Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayevga tayanib xabar bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston prezidentining o‘limi haqida Ashxobodda ishlaydigan biznesmenlar ma’lum qilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘limi haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmadi. Bu haqda Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayev Facebook‘dagi akkauntida post qoldirgan.
Uning aytishicha, oldinroq olingan ma’lumotlar o‘sha manbaning o‘zi tomonidan inkor etilgan.
«Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘limi haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmaganidan juda mamnunman. Prezidentning qarindoshlari va yaqinlari, shuningdek, Turkmanistonning barcha fuqarolaridan uzr so‘rayman», — deb yozgan Rubayev.
Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning vafot etgani haqida «Govorit Moskva» Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayevga tayanib xabar bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston prezidentining o‘limi haqida Ashxobodda ishlaydigan biznesmenlar ma’lum qilgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…