Foto: «Ukranews.com»
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning gips haykalchalari, aniqrog‘i, byustlari ertaga, 25 iyuldan erkin savdoga chiqadi. Ularni butun Ukraina bo‘ylab internet orqali sotib olish mumkin. Bu haqda TAASga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.
«Ajoyib va o‘ziga xos sovg‘a, ish stolingiz va xonangizni yanada boyitadi. Ukrainada birinchi marta! Rasman 25 iyuldan sotuvda, eng qulay narxlarda hoziroq sotib oling! Haykaltaroshlik gipsidan ishlangan, uch qavat lok va susal oltini bilan qoplangan», — saytlarning birida shu mazmundagi xabar berilgan.
Foto: TASS
«Ukraina yangiliklari» ma’lumotiga ko‘ra, gips byustning narxi — 2 ming griven (78 dollar atrofida). Og‘irligi 2,5 kg., balandligi — 23 sm.
Prezident Zelenskiy bu tashabbusga qanday qaraydi, hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Zelenskiy rasman prezidentlikka kirishish nutqida xususan, shunday degandi: «Sizlarning kabinetlaringizda mening suratlarim bo‘lmasligini judayam istayman, iltimos. Prezident — but, sajdagoh yoki portret emas. O‘sha joyga o‘z farzandlaringiz suratini ilib qo‘ying va har bir muhim qaror qabul qilishda ularning ko‘zlariga boqing». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi