2 465
Zelenskiy: «Bunaqa amaldorlar yo o‘z ixtiyori bilan ariza yozib bo‘shasin yoki qochib ketsin»
Foto: «RIA Novosti»
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy IIV rahbari Arsen Avakovdan vazirlikning Dnepr viloyati hududiy boshqarmasi rahbari, general Vitaliy Gluxoverni zudlik bilan ishdan bo‘shatishni talab qildi. Bu haqdagi xabar prezidentning «Facebook»dagi sahifasida bugun paydo bo‘ldi.
Zelenskiy, shuningdek, Davlat tergov idorasi rahbari Roman Trubaga aniqlangan dalillar asosida surishtiruv boshlashni topshirdi.
Ukraina prezidenti amaldorlar uchun jazodan qutulib qolish batamom tugaganini ta’kidladi. Zelenskiy bunaqa davlat xizmatchilarini «o‘z aybiga iqror bo‘lish, ishdan bo‘shash yoki qochib ketish»ga chaqirdi.
IIVning Dnepr boshqarmasi rahbari ishdan olinishiga 2018 yili olinib keyin internetda tarqab ketgan video sababchi bo‘lgan. Unda yo‘l harakati qoidalarini buzgan shaxsning mashinasini to‘xtatgan politsiyachilarni ushlash (!) uchun KORD maxsus bo‘linmasi yetib kelgan. Spetsnazchilar politsiyachilarni Gluxoverning kabinetiga olib kirishadi, bu yerda general ularga «tarbiyaviy soat» o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi