Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Chimkent hokimi Gabidulla Abdraximovni lavozimidan ozod qildi.
Abdraximov 2018 yilda Chimkent shahri hokimi lavozimiga tayinlangandi. U o‘tgan haftada o‘zining Instagram sahifasida Londonda tushgan videolavhasini joylagan, obunachilariga salom yo‘llab Qozog‘istonni yaxshi ko‘rishini aytgandi.
Videorolik ijtimoiy tarmoqlarda keskin fikrlarga sabab bo‘ldi, ayrim foydalanuvchilar Abdraximovni maqtanchoqlikda aybladi.
Qozog‘iston prezidenti ma’muriyati rahbari Qrimbek Kusherbayevning so‘zlariga ko‘ra, Abdraximov o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlamagan.
"Davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayev ta’kidlaganidek, hozirda eng asosiysi – bu xalq va hokimiyat o‘rtasidagi muloqot. Gabidulla Abdraximov mamlakatimiz rahbariyatining qo‘llab-quvvatlovi va ishonchini olgandi. Afsuski, u buni yetarlicha anglab yetmadi", - deya Kusherbayevning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Tengrinews.kz agentligi.
Kusherbayevning ta’kidlashicha, rahbarlar haqiqiy xalq xizmatchisi bo‘lishi va o‘zlarini shunga mos tutishlari lozim. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi