
Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin davlat organlariga xizmatda foydalanish uchun import avtomobillar sotib olishni taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda "KazAvtoProm" matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz ma’lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, qaror kuchga kirgan va ikki yil davomida amal qiladi. Hujjat bilan faqatgina Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan va majburiy ST-KZ sertifikatiga ega mahsulotlarni sotib olish va ijaraga olish belgilab qo‘yildi.
"KazAvtoProm"ning bildirishicha, Qozog‘istonda o‘tgan yili qabul qilingan choralar aksariyat davlat organlari va kompaniyalarning xarid siyosatini qayta ko‘rib chiqishiga olib kelgan. Natijada 2019 yilning olti oyi davomida sotib olingan xizmat mashinalarining atigi 1 foizi xorijda ishlab chiqarilgan mashinalar bo‘lgan.
Qozog‘istonImport AvtomobillarDavlat OrganlariAsqar MaminTaqiq QaroriKazAvtoProm O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar