Foto: «RIA Novosti»
Pentagon Suriyadagi At-Tanf harbiy bazasida «Magavir As-Saura» jangarilar guruhini tayyorgarlikdan o‘tkazayotganini tasdiqladi, deb yozadi «Daryo».
Avvalroq Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i general-polkovnik Sergey Rudskoy AQShlik yo‘riqchilar At-Tanf atrofida «Magavir As-Saura» jangarilar guruhini tayyorgarlikdan o‘tkazayotgani, so‘ngra ularni vertolyotlarda Frot ortiga tashlayotganini aytgandi.
«At-Tanf atrofida ‘Magavir As-Saura’ koalitsiya hamkori hisoblanadi. ‘Magavir As-Saura’ IShIDni to‘xtatish va xavfsizlikni ushlab turishda o‘zining samaradorligini namoyish etdi», - deb ma’lum qildi koalitsiya matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, AQSh At-Tanf atrofida IShIDni yakson qilish uchun koalitsiya kuchlarini tayyorlash va ularga maslahat berishni davom ettiradi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi