3 748
Dunyoning eng boy odami o‘z kompaniyasining 1,9 mlrd dollarlik aksiyalarini sotib yubordi
Dunyoning eng badavlat insoni, Amazon bosh direktori Jeff Bezos dunyodagi eng yirik onlayn-reteylerning 1,899 mlrd dollardan ko‘proq qiymatdagi aksiyalarini sotib yubordi.
Xabarga ko‘ra, Bezos Amazon’ning 900 mingdan ko‘proq aksiyasini 29-31 iyul kunlari 3 bosqichda donasini 1,9 ming dollar atrofida sotib yuborgan. Hozirda tadbirkorning qo‘lida kompaniyaning 58,143 mlnta aksiyasi qolmoqda.
Bezos 2017 yilda boshqa bir kompaniyasi – Blue Origin’ni qo‘shimcha moliyalashtirish uchun har yili Amazon’ning 1 mlrd dollarga yaqin aksiyasini sotish rejasini ma’lum qilgandi.
Hozirda Bezosning boyligi 131 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Milliarder kapitallashuvi 2018 yilda 1 trln dollarga yetgan Amazon’dan tashqari, Blue Origin aerokosmik kompaniyasiga egalik qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi