Qirg‘iziston bosh prokuraturasi: Atambayev so‘roqqa kelishi kerak

Qirg‘iziston bosh prokuraturasi: Atambayev so‘roqqa kelishi kerak
Qirg‘iziston bosh prokuturasi Atambayevga so‘roqqa kelishi kerakligi haqida bayonot berdi. Bu haqda Sputnik xabar qildi.
Atambayev uch marta so‘roq uchun IIVga chaqirtirilgan. Lekin u kelmadi.

Bundan avval advokat Sergey Slesarev IIVga Atambayev javob berishi kerak bo‘lgan savollarni yuborishni taklif qilgandi. Atambayev ularga yozma ravishda javob tayyorlaydi. Bosh prokuratura buni tergov jarayoni buzilishi deb hisoblaydi.

“Agar guvoh Atambayev jinoiy avtoritet Aziz Batukayev noqonuniy ozod qilishi holati bo‘yicha tergov ishi har tomonlama va ob’ektiv o‘tkazilishi istasa, u so‘roqqa kelishi va unga ma’lum bo‘lgan barcha holatlarni aytib berishi kerak”, - deyilgan bayonotda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar