Ayni vaqtda ta’tilda bo‘lgan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov uni faol ravishda o‘tkazmoqda. Turkmaniston televideniyesi Berdimuhamedovning qanday hordiq chiqarayotgani haqidagi lavhani namoyish qildi.
Lavhada Turkmaniston rahbari erta tongdan velosipedda sayr qilayotgani, yilqichilik majmuasida ahaltaka otini choptirayotgani va Ashxobodning Olimpiya shaharchasida kuch tuzilmalari rahbarlari bilan badantarbiya bilan shug‘ullanayotgani ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, lavhada Berdimuhamedov turli musiqiy asboblar chalayotgani va yangi musiqiy asari ustida ishlayotgani tasvirlangan.
Turkmaniston rahbari, shuningdek, turkman alabayi zotidagi itlar haqidagi kitobini nihoyasiga yetkazgan. Lavha so‘ngida Berdimuhamedov avtomobilda Turkmanistonning bosh diqqatga sazovor joylaridan biri – Qoraqumdagi gaz krateriga borgani tasvirlangan. Mamlakatda ushbu gaz krateri “Qoraqum yog‘dusi” deb ataladi, xorijda esa “Jahannam eshiklari” sifatida ma’lum.
20 iyulda Turkmaniston rahbarining vafot etgani haqida gaplar paydo bo‘lgandi, biroq rasmiy Ashxobod bu mish-mishlarni rad etgan. Ayni vaqtda Turkmaniston prezidenti va hukumati 15 iyuldan 15 avgustgacha ta’tilga chiqqan.
Bungacha Turkmaniston televideniyesi mamlakat rahbarini oxirgi marta 24 iyulda namoyish qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi