Foto: Getty Images
AQShning Ogayo shtatida 4 avgust kuni otishma sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Korrespondent.net»ga tayanib Daryo.
Uni shu shtatda joylashgan Bellbruk shahrida yashovchi 24 yoshli Konnor Betts uyushtirgan. Xabarda aytilishicha, politsiya ertalab uning uyida tintuv o‘tkazgan.
Otishma sodir etganlikda gumonlangan yigitning singlisi mashinada otilgan holda topilgan. Konnor Betts uning do‘stini ham otgan, ammo u tirik qolgan. Ular otishmaning birinchi qurbonlari bo‘lgan, lekin boshqalardan keyinroq topilgan.
Otishma Deyton shahrida sodir bo‘lgan bo‘lib, jinoyatchi shahar markazida joylashgan Ned Peppers bari yaqinida odamlarni o‘qqa tutgan. Oqibatda hujumchi bilan birga 10 kishi halok bo‘lgan, 16 nafari yaralangan.
Avvalroq Texasning El-Paso shahrida otishma sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Hujum oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan, 26 nafari yaralangandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi