date

Hind styuardessasi oltin kontrabandasi bilan qo‘lga tushdi

Hind styuardessasi oltin kontrabandasi bilan qo‘lga tushdi
Foto: «The Statesman»
Hind aviakompaniyasining styuardessasi oltin kontrabandasida gumonlanib qo‘l olindi. Bu haqda «The Indian Express» ma’lumot ulashdi.
Delidagi Indira Gandi xalqaro aeroportida Londondan uchib kelgan reys styuardessasi hibsga olindi.

Aviakompaniya xodimasidan sumkasini rentgen skaneridan o‘tkazishni so‘rashganida ayol uni yon tomonga uloqtirgan va bu unga tegishli emasligini aytgan.

Sumka ichidan bojxona xizmati xodimlari umumiy og‘irligi 500 gramm keladigan oq oltindan ishlangan ikkita bilaguzukni topishadi.

Keyinchalik kuzatuv kameralaridagi yozuvlar sumka styuardessaga tegishli ekanini tasdiqladi. Shunga ko‘ra politsiya tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hind styuardessasi oltin kontrabandasi bilan qo‘lga tushdi