09:30 / 06.08.2019
5 232

Toliblar Turkmaniston bilan chegaradagi yana bir uyezdni bosib olishdi

Toliblar Turkmaniston bilan chegaradagi yana bir uyezdni bosib olishdi
“Tolibon” harakati jangarilari Afg‘onistonning Turkmaniston bilan chegaradosh Jauzjon viloyatidagi Humab uyezdini bosib olishdi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu viloyatda umumiy hisobda 1,5 ming tolib bor.

Jauzjondagi xavfsizlik kuchlari mufoviqlashtirish markazi rahbari Muhammad Zohir jangarilar Humabdan tashqari, Qo‘sh-tepa uyezdini ham egallab olishganini ma’lum qilgan.

“Jauzjonda toliblarning 123 ta turli otryadi harakat qiladi. Ularning umumiy soni 1,5 ming kishiga yetadi. Bu otryadlarning barchasi teraktlar amalga oshiradi”, deb aytgan Zohir.

Jauzjon Afg‘onistonning birinchi vitse-prezidenti, afg‘onistonlik o‘zbeklar yetakchisi Abdul Rashid Do‘stumning ona yeri hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Toliblar Turkmaniston bilan chegaradagi yana bir uyezdni bosib olishdi