Ukrainani iyul oxirida butun oilasi bilan tark etgan sobiq prezident Pyotr Poroshenko 7 avgustga o‘tar kechasi Kiyevga qaytdi. Bu haqda “Strana.ua” nashri xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Poroshenko samolyoti Dubaydan kechki payt uchib, soat 02:30da Julyani aeroportiga qo‘ngan. Jurnalistlar Poroshenko o‘z avtomobillarida aeroportni tark etayotganini tasvirga olishga muvaffaq bo‘lishgan.
28 iyulda Poroshenko, uning to‘ng‘ich o‘g‘li Aleksey va kelini Yuliya hamda nabirasi charter reys bilan Kiyevdan Istanbulga uchib ketishgan. Bir soatdan keyin ushbu reys Dubayga yo‘naltirilgan, so‘ngra kuzatuv tizimlaridan g‘oyib bo‘lgan. Bundan bir hafta oldin esa Ukrainani Poroshenkoning rafiqasi, qizlari va kenja o‘g‘li tark etgan.
Butun oilaning Ukrainada Poroshenkoga nisbatan tergovlar olib borilayotgan bir vaqtda mamlakatni tark etishi sobiq prezidentning mamlakatdan qochib ketgani haqidagi gaplar paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Bundan tashqari, Ukraina OAVda Poroshenko qamalishi mumkinligi sababli Ukrainadan ketib, fuqaroligini olgan davlatlardan birida yashirinishi mumkinligi ta’kidlangan. Elise Journal nashri ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq prezidentda Ukraina pasportidan tashqari yana 5 ta davlat pasporti bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi