Foto: Outdoorlife
Amerikalik olimlar Minnesota shtatining g‘arbiy qismida yoshi taxminan 112 yilni tashkil etuvchi bufallo balig‘ini tutdi. Bu haqda National Geographic xabar berdi.
«TASS»ning yozishicha, avvallari bu baliq 26 yildan uzoq yashamaydi deb hisoblangan. Biologlarning fikricha, bu olimlar tomonidan o‘rganilgan chuchuk suvda yashovchi suyakli baliqlarning eng qadimiysidir.
Ushbu baliq Shimoliy Dakota va Manoadagi Gavayi universiteti ixtiologlari tomonidan tutilgan. Ular 2011—2018 yillarda aksariyati baliqchilar tomonidan tutilgan Minnesotadagi yuzlab bufallo baliqlarini o‘rgangan. Olimlar ularni o‘lchagan, suratga olgan. Baliqlarning yoshi esa otolitlari (baliqning eshitish organlaridagi qattiq to‘qima)ni radiokarbonatli tahlil qilish orqali aniqlangan.
Olimlarning aytishicha, 112 yoshli baliqning og‘irligi taxminan 11 kilogrammni tashkil etgan. Biologlar, shuningdek, 80 yoshdan katta buffalo va 100 yoshdan katta bo‘lgan yana 5 ta shunday baliqni topgan.
Bunday turdagi baliqlar, asosan, AQShning shimoliy qismi va Kanadadagi chuchuk suv havzalarida yashaydi. Ularning og‘irligi ba’zan 30 kilogrammga yetishi, uzunligi esa 1,2 metrni tashkil qilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi