Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingani haqida tarqalgan xabarlar tasdiqlanmadi. Bu haqda TASS agentligi sobiq prezidentning shtabiga asoslanib xabar bermoqda.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Atamboyevni qo‘lga olish uchun Qo‘y-Tosh qishlog‘iga borgan maxsus topshiriqli bo‘linma uning uyiga bostirib kirgan, ammo ichkarida qarshilikka uchragan, qolaversa tashqaridan kirib kelgan sobiq prezidentning tarafdorlari ularni o‘rab olgach, taslim bo‘lgan. Ular Atamboyevning tarafdorlari tomonidan qo‘lga olingan.
Kaktus.media tarqatgan xabarga ko‘ra, maxsus topshiriqli bo‘linma xodimlari yig‘ilganlar tomonidan kaltaklangan. Ayni vaqtda voqea joyiga qo‘shimcha kuchlar yo‘l olgan.
Atamboyevning shtabi vakili izohlashicha, uyga boradigan yo‘llar o‘rab olingani uchun u yerga hech kim kira olmayapti, ichkarida yong‘in chiqqan va otishma ovozlari davom etmoqda.
Voqea joyidan uzatilayotgan translyatsiyada Almazbek Atamboyev hali ham o‘z uyida, tarafdorlari qurshovida ekanini ko‘rish mumkin.
Ayni vaqtda Qirg‘izistonning amaldagi prezidenti Sooronboy Jeenbekov ta’tilini barvaqt tugatib, poytaxt Bishkekka qaytgan.
Bugun, 7 avgust kuni sobiq prezidentning Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi uyida otishma ovozlari eshitila boshlandi. Internetda tarqalgan videolarga ko‘ra, uyni maxsus topshiriqli bo‘linmalar xodimlari qamal qilgan. Uyda sobiq prezidentning tarafdorlari bo‘lgan yuzlab kishilar to‘plangan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 15 kishi jarohatlangan. Ular orasida Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Abdilya Segizbayev ham bor.
Almazbek Atamboyev 2011—2017 yillarda Qirg‘izistonga prezidentlik qilgan va vakolati yakuniga yetgach, hokimiyatni o‘zidan keyingi prezident — So‘ranboy Jeenbekovga tinch yo‘l bilan topshirgan nafaqat Qirg‘iziston tarixidagi, balki Markaziy Osiyo tarixidagi ilk davlat rahbariga aylangan edi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi