Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 8 avgustda mamlakat xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazmoqchi. Bu haqda Jeenbekov matbuot xizmatida xabar qilindi.
Jeenbekov 7 avgustda sobiq prezident Almazbek Ataamboyevni ushlash bo‘yicha operatsiya olib borilayotgani sababli bir haftalik ta’tilini to‘xtatib, Bishkekka qaytgan va 8 avgust ertalab xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazadi.
27 iyunda Atamboyevdan daxlsizlik huquqi olingan va shu bilan birga u sobiq prezident maqomi va jinoiy ta’qibdan immunitetdan mahrum etilgan.
O‘z navbatida sobiq prezident oxirgi voqealarga izoh berib, kuch tuzilmalari xodimlari “o‘z xalqini o‘qqa tutsa”, bu ular uchun “ayanchli tugashini” aytgan. Atamboyevning ta’kidlashicha, uni qo‘lga olishga urinish va uyidagi maxsus operatsiya “haqiqiy beboshlikdir”.
Atamboyev o‘z nazoratidagi “Aprel” telekanalida bayonot bilan chiqdi. Uning aytishicha, uni qo‘lga olishga urinish vaqtida “shunchaki suratga tushish uchun kelgan begunoh odamlar” jabrlangan.
“Men kuch tuzilmalarini o‘z xalqiga qarshi bormaslikka chaqiraman”, deb aytgan Atamboyev efirda.
Atamboyevning ta’kidlashicha, Qirg‘iziston rahbariyati “huquqiy maydonga kirish chaqiriqlariga quloq solmagan” va maxsus xizmatlarga uni qo‘lga olishga ijozat bermagan o‘z tarafdorlariga minnatdorlik bildirgan.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Atamboyevning qarorgohi shturmi vaqtida 41 kishi jabrlangan, maxsus xizmatlarning bir jangchisi halok bo‘lgan, viloyat militsiyasi rahbari bosh miya-chanoq jarohati olib, komaga tushgan. Maxsus kuchlar sobiq prezidentni ushlashning uddasidan chiqishmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"