date
views 3 712

Qirg‘iziston bosh prokuraturasi Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi tartibsizlik bo‘yicha tergovni boshladi

Qirg‘iziston bosh prokuraturasi Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi tartibsizlik bo‘yicha tergovni boshladi
Foto: «KP.ru»
Qirg‘iziston bosh prokuraturasi Qo‘y-Tosh qishlog‘ida sobiq prezident Almazbek Atambayev hamda huquq-tartibot idoralari o‘rtasida sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha tergov ishini boshladi, deb xabar qiladi «Daryo» nashri.

«Bosh prokuratura 7 avgust kuni Qo‘y-Toshda sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng, ‘ommaviy tartibsizlik’, ‘qotillik’, ‘asirlarni qo‘lga olish’ moddalari bo‘yicha sudoldi ishini ochdi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sobiq prezident bunga qadar uch marotaba IIVga so‘roqqa chaqirilgan, biroq u «organlarning qonuniy talabini javobsiz qoldirgan». Shu sababli tergovchi «Atambayevni majburan olib kelish bo‘yicha» qaror chiqargan va bu ish Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga topshirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston bosh prokuraturasi Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi tartibsizlik bo‘yicha tergovni boshladi
-->