
Foto: Getty Images
Qirg‘iziston Sotsial demokratlar partiyasi deputati Irina Karamushkina Almazbek Atambayev o‘zini yaxshi ushlab turgani, ruhan cho‘kmaganini ma’lum qildi deb yozadi Daryo nashri “Zakon.kz” xabariga tayanib.
Karamushkinaning so‘zlariga ko‘ra, Atambayev yaxshi kayfiyatda bo‘lgan va unga qarshi qaratilgan ayblovlarni rad etishda davom etishini bildirgan.
«U o‘zini yaxshi ushlab turibdi, ruhan cho‘kmagan. Hozir sobiq prezidentning Qirg‘iziston fuqarosi sifatidagi huquqlari buzilgani haqida murojaatnoma tayyorlayapmiz», — degan u.
Deputat murojaatda qurolli bostirib kirish va hibsga olish haqida so‘z borishi, uning butun uyi vayron qilingani, bu esa shaxsiy mulk ekanligini ta’kidlagan.
Qirg‘izistonAlmazbek AtambayevIrina KaramushkinaSotsial DemokratlarRuhan TetikYaxshi Kayfiyat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar