
Hindistonda 18 yoshga to‘lgan yigit tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilingan BMW 3-Series’ni daryoga cho‘ktirib yubordi, deb xabar beradi «Daryo».
Ma’lum bo‘lishicha, yigit tug‘ilgan kuniga Jaguar sovg‘a qilishlarini xohlagan.
Tarmoqlarda paydo bo‘lgan videodan ko‘rish mumkinki, oq sedan sekin-asta suv ostiga cho‘kib bormoqda. Mahalliy aholi salon ichida biror odam bor deb o‘ylab, avtomobilni «qutqarish»ga uringan.
[media=https://youtu.be/7AZGS36l2Lo]
Politsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, yigit rostdan ham otasi Jaguar olib bermagani uchun yangi BMW’sini daryoga cho‘ktirib yuborgan. Biroq politsiyaning qo‘shimcha qilishicha, yigitga nisbatan hech qanday ish ochilmaydi, chunki u ruhiy nosog‘lom. Ayni vaqtda u muolajalarni o‘tash uchun shifoxonaga olib ketilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar