Rossiyaning Kirov oblastida istiqomat qiluvchi sakkiz yoshli Vlad Cherepanov shtangani ikki qoʻllab tik koʻtarish boʻyicha jahon rekordini yangiladi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bolakay shtangani 701-marta koʻtarishga muvaffaq boʻldi. Avvalgi rekord 210-marta edi. Shtanganing ogʻirligi 11 kilogrammni tashkil etdi - bolakay vaznining yarmi.
Vlad Kirov oblasti, Sovetsk shahridagi maktab internat oʻquvchisi ekani, bolaligidan yura olmasligi aytiladi. Bu oʻquvchiga “Artek” oromgohida shtangani ikki qoʻllab tik koʻtarish boʻyicha jahon rekordini yangilashga toʻsqinlik qilmadi. Ushbu natijaga erishish uchun bolakayga 25 daqiqa vaqt kerak boʻldi. Endilikda, Vladning asosiy maqsadi - Rossiya Paralimpiya terma jamoasi aʼzosiga aylanish.
Ushbu videoni quyidagi havola orqali koʻrishingiz mumkin: >>>[leech=blob:https://embed.life.ru/f35cdd3a-5f80-408d-877d-498ed4576684]VIDEO[/leech] “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi