3 652
Atamboyev bilan muzokara olib borgan Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari iste’foga chiqarildi
Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziyev mamlakat ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Kursan Asanovni iste’foga chiqardi. Asanov militsiya manfaatlariga xiyonat qilish va ishonchni yo‘qotish sababli lavozimidan bo‘shatilgan.
Asanovga nisbatan xizmat tekshiruvi natijalari yuridik baho berish uchun respublika bosh prokuraturasiga taqdim etilgan.
Asanov 7-8 avgust kunlari Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevni qo‘lga olish operatsiyasida qatnashgan hamda u bilan taslim bo‘lish va asirga olingan maxsus kuchlar xodimlarini ozod qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazgandi.
Atamboyevga bosh prokuratura tomonidan tartibsizliklarni uyushtirish, qurol-yarog‘ning noqonuniy aylanmasi, tergovga to‘sqinlik qilish, odamlarni garovga olish, o‘ldirish va qotillikka urinish ayblovlari qo‘yilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi