Foto: Starface
Xonanda Nargiz Zokirova Facebook’dagi sahifasida o‘z ijodini kuzatib borayotganlarga murojaat qilib, Maksim Fadeyev va uning MALFA prodyuserlik markazi bilan shartnomasi rasman bekor qilinganini ma’lum qildi.
«Maksim Fadeyev 12 avgust kuni xat olganimdan boshlab bizning shartnomamiz bekor qilingan hisoblanadi. Endi MALFA jamoasi a’zosi emasman. Mening bundan keyingi ijodiy faoliyatim taqdiri ularga bog‘liq emas», — deydi xonanda.
Nargiz Zokirova bundan keyingi asosiy maqsadi avval rejalashtirilgan shaharlarga gastrol safarlariga borib, muxlislari oldida chiqish qilish ekanligini ta’kidlagan. Shuningdek, Maksim Fadeyev bilan hamkorlik vaqtida yaratilgan qo‘shiqlar taqdiri hozircha noma’lumligi, chunki mualliflik huquqi Maksimga tegishli ekanligini aytgan.
«Biz Maksim bilan bu masalani muhokama qilish uchun uchrashish imkonini topishga harakat qilishda davom etamiz», — degan u. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi