
Britaniya fuqarolari ilk zaruriy mahsulotlarni ommaviy ravishda sotib olishni boshladi. Mamlakat aholisi Breksit jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Bu haqda Darakchi nashri xabar bermoqda.
Ekspertlar ma’lumotlariga ko‘ra, qirollik aholisi so‘nggi oylar mobaynida oziq-ovqat, ichimlik va dori-darmon zahirasini to‘ldirish uchun 4 milliard funtdan ortiq mablag‘ sarflashgan. Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilishi mumkinligini hozircha hech kim aniq bilmaydi. Yangi saylangan mamlakat Bosh vaziri Boris Jonson joriy yilning 31 oktyabriga qadar mamlakatni Yevropa Ittifoqi tarkibidan olib chiqishga va’da bergan. Bunda u Bryussel bilan mazkur masalada kelishuvga erishiladimi, yo‘qmi bunga ahamiyat bermasligini ta’kidlamoqda.
Jonsonning “Breksit” masalasida o‘zining keskin pozitsiyasiga ega ekanligi barchaga ma’lum. Hozirda ekspertlar va biznes vakillarining mazkur masalada xavotirlari ortib bormoqda. Ayrimlar "Breksit"ning oqibati juda xavfli bo‘lishini ham ta’kidlashmoqda. Mazkur jarayon bilan bog‘liq asabiy holat esa fond birjalari va valyuta bozoriga ham ta’sir etmoqda.
Yakunlangan haftada funt kursi yevroga nisbatan 2016 yildan beri eng past darajaga tushdi. Aynan shu yili mamlakat aholisi Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishga ovoz bergan edi. Angliya banki rahbari “qattiq Breksit” jarayoni mamlakat iqtisodiyoti uchun haqiqiy shok bo‘lishini ta’kidlamoqda.
Britaniya FuqarolariBreksit JarayoniOziq-Ovqat MahsulotlariIqtisodiy Ta'sirFunt KursiEkspertlar Xavotiri O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar