Foto:«ABC News»
O‘tgan hafta mobaynida AQSh prezidenti Donald Tramp 21 marotaba yolg‘on bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Daryo.uz nashri.
Telekanalning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu besh hafta mobaynidagi eng yaxshi natija. Bu hisob davlat rahbari qancha so‘zlashiga bog‘liq. O‘tgan haftada u 56 daqiqa so‘zlagan, bu esa yanvar oyidan buyon eng kam ko‘rsatkich.
Ma’lumotga ko‘ra, u demokratlar, Xitoy bilan savdo urushi, Shimoliy va Janubiy Koreya haqida yolg‘on bayonotlar qilgan.
Masalan, Tramp Xitoyning iqtisodiy o‘sish darajasi 35 yil ichidagi eng yomon holatda ekanini aytgan. Ammo ikki hafta avvalgi bayonotida u bu ko‘rsatkichni 27 yil ichidagi eng yomon holat, deya baholagan.
Yana bir misol, u AQSh senatori Sherrod Braunni prezidentlikka nomzod sifatida yodga olgan, lekin senator hech qachon bu lavozimga da’vogarlik qilmagan. Shuningdek, u respublikachilar orasida uning reytingi 94 foiz ekanini aytgan, aslida esa bunday statistik ma’lumot hech qayerda e’lon qilinmagan.
Ta’kidlanishicha, AQSh rahbari eng ko‘p jurnalistlar bilan gaplayotganda adashadi. Bundan tashqari «Twitter»dagi sahifasida va ommaviy nutqlarida ham xatoliklarga yo‘l qo‘yadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi