
Xitoyning Syuanchjou shahrida yashovchi Chjan Sitszyan o‘zining noodatiy qobiliyati – qulog‘i bilan shamlarni o‘chira olishini namoyish qildi.
U bu maqsadda stetoskopdan tayyorlangan maxsus qurilmadan foydalanadi. Chjan qurilmaning bir uchini quloqlariga tiqib, ikkinchi uchini shamlarga keltiradi. So‘ngra burnini qo‘li bilan yopib, og‘zidagi havoni quloqlari orqali tashqariga chiqaradi. Erkakning aytishicha, u buni qilishga imkon beradigan fiziologik xususiyat bilan tug‘ilgan.
Sitszyan namoyish vaqtida 59 soniyada 120 ta shamni o‘chira olgan. U o‘z rekordini yangilab, bir daqiqada 200 ta shamni o‘chirishni rejalashtirmoqda.
XitoySyuanchjou shahriNoodatiy qobiliyatShamlarni o‘chirishChjan SitszyanFiziologik xususiyat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar