18:57 / 18.08.2019
3 372

Olimlar Afrikadagi sherlar sonini hisoblab chiqishdi

Olimlar Afrikadagi sherlar sonini hisoblab chiqishdi
Hozirda afrikada tabiiy yovvoyi tabiat sharoitlarida yashayotgan sherlar soni 22 509 tani tashkil etadi. Oksford universitetining yovvoyi tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha tadqiqot bo‘limi o‘tkazgan tadqiqotlar natijasida ana shu xulosaga kelindi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Olimlar quyidagi ma’lumotlarni keltirishgan: Malavida tabiiy sharoitlarda yashaydigan bor-yo‘g‘i beshtagina sher qolgan, Angolada – 25ta, Ruandada - 22, Nigeriyada - 30.

Tabiiy sharoitda eng ko‘p sher yashaydigan mamlakatlar Tanzaniya - 8 176ta sher, JAR - 2 070, Keniya - 1 825, Zambiya - 1 095, Mozambik - 1 295, Zimbabve - 1 709 va Zambiya - 1 095.

Olimlarning xulosa qilishicha, hozirda sherlar yashaydigan hududlarning 40 foizgacha qismi qo‘riqlanadigan joylarga kiradi. Jonivorlarning 14 foizigina umuman muhofaza qilinmaydigan joylarda yashaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar Afrikadagi sherlar sonini hisoblab chiqishdi