19:23 / 18.08.2019
3 050

Jeyms Bondning afsonaviy avtomobili auksionda 6,4 mln dollarga sotildi

Jeyms Bondning afsonaviy avtomobili auksionda 6,4 mln dollarga sotildi
1964 yilda Jeyms Bond haqidagi «Goldfinger» filmini suratga olishda foydalanilgan «Aston Martin DB5» avtomobili auksionda 6,4 mln dollarga sotildi.

Kaliforniyaning Monterey shahrida – klassik avtomobillarning dunyodagi eng katta auksioni lotida g‘olib chiqqan millionerning ismi matbuotga ma’lum emas.

The Guardian xabariga ko‘ra, bu retro-mashina auksionda kutilganidan ham qimmatroqqa sotilgan va DB5 seriya avtolari ichida eng qimmatiga aylangan.

«Auksionda rekord qayd etilgani, qolaversa, mashinaga qiziqishning o‘ta yuqoriligi va uning atrofidagi shov-shuvni hisobga olib, bu DB5ni jahonning eng mashhur avtomobili deb hisoblasak bo‘ladi», – deydi auksioner Barni Ruprext.

Agent 007 haqida hikoya qiluvchi ikkita filmda Aston Martin`ning mazkur modelini haydab suratga tushgan Shon Konneri ham avtokolleksionerlarning bu DB5`ga qiziqishi bejiz emasligini ta’kidladi.

Foto: Richard Drew/AP
«Bu mashinalar bilan bog‘liq reklama kampaniyalari esimda, ular «Goldfinger» va «Sanderbol» filmlaridan keyin ular ancha mashhur bo‘lib ketgandi. O‘zim ham yaqinda ajoyib DB5 sotib olgandim», – dedi Konneri.

Montereyda o‘tayotgan avtomobil haftaligida sotuvlarning umumiy qiymati 380 mln dollarga yetishi kutilyapti. Bunda har biri 1 mln dollardan oshiqroq narxga sotilayotgan mashinalar soni yuztadan ortishi taxmin qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jeyms Bondning afsonaviy avtomobili auksionda 6,4 mln dollarga sotildi