
Kashmirning Hindiston qismida kamida to‘rt ming kishi hibsga olindi, chunki hukumat Jammu va Kashmir shtatining alohida maqomi bekor qilinganidan so‘ng yangi tartibsizliklar yuz berishidan cho‘chimoqda, deb xabar berdi Kun.uz Frans Press agentligiga tayanib.
Hukumat vakilining agentlikka xabar qilishicha, jamoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq kamida to‘rt ming kishi hibsga olingan. Ular hech qanday ayblov e’lon qilinmasdan va sud tinglovlari o‘tkazilmasdan ikki yilgacha hibsda ushlab turilishi mumkin.
"Ularning ko‘pchiligi Kashmirdan olib ketilgan, chunki qamoqxonalar to‘lib ketgan", - degan agentlik suhbatdoshi.
5 avgustda Jammu va Kashmir to‘g‘ridan-to‘g‘ri federal boshqaruvga o‘tganidan so‘ng Kashmirning Hindiston qismida uyali va internet aloqasidan foydalanishga cheklovlar kiritilgandi.
KashmirHindistonHibsga OlinganJamoat XavfsizligiFederal BoshqaruvInternet Aloqasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar