![Dog‘istonlik jarrohlar rekord o‘rnatishdi](/uploads/posts/2019-08/1566241563_dhec6nrmv_lom5_nryjxbki9ttun6nx2.jpg)
Rossiyaning Dog‘iston Respublikasi, Xasavyurt shahri markaziy shifoxonasining jarrohlari bir kunda o‘tkazilgan operatsiyalar soni bo‘yicha Rossiya rekordini o‘rnatishdi. Bu haqda RIA «Dagestan»ga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Yurak – qon tomirlari jarrohlari Xachatur Kurginyan va Sobir Aydayev 8 soat ichida varikoz kasalligiga chalingan 53 nafar bemorda jarrohlik amaliyotini o‘tkazishgan. Ularning barchasi muvaffaqiyatli chiqqan.
![](/uploads/posts/2019-08/1566241539_klwtqxhrs8zgkjrjium6l5fp1rg5ioex.jpg)
![](/uploads/posts/2019-08/1566241589_3pajvgpxtwy8aeylvpt0a2bsmugi6pc9.jpg)
Bemorlar orasida Dog‘iston Respublikasi aholisi bilan birga, qo‘shni Checheniston va Ingushetiya Respublikasidan kelganlar ham bo‘lgan.
Jarrohlarning natijasi Rossiya rekordlar kitobi bosh muharriri Stanislav Kotenko tomonidan qayd qilindi. U jarrohlik xonasida kuni bilan jarayonni kuzatib bordi. Yakunda jarrohlarga rekord qayd qilingani haqida sertifikat topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar