3 440
Batukayev ishi boʻyicha qoʻlga olingan Qirgʻiziston sobiq prokurori ogʻir ahvolda kasalxonaga tushdi
Qirgʻizistonning sobiq bosh prokurori Aida Salyanova ogʻir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda Salyanovaning singlisi Chinara Turdaliyevaga asoslanib Kun.uz sayti yozmoqda. Sobiq bosh prokurorga yurak mushaklari yalligʻlanishi tashxizi qoʻyilgan.
Salyanova hozirda Bishkekdagi Qirgʻiziston milliy kardiologiya markazida saqlanmoqda. Salyanova xorijda operatsiya oʻtkazishga muhtoj boʻlishi mumkin, ammo buni sud hal qiladi, deb yozadi manba.
Salyanova 3-iyun kuni qirgʻizistonlik kriminal Aziz Batukayevni qamoqdan ozod qilish ishi boʻyicha qoʻlga olingandi. Batukayevning ozod qilinishi bilan bogʻliq ishda aybli deb gumonlangan koʻplab sobiq hukumat vakillari, jumladan sobiq prezident Almazbek Atambayev ham qoʻlga olingan.
5-iyun quni sud Salyanovani uy qamogʻiga hukm qilgan. Advokat esa sobiq bosh prokuror 4 yoshli qizining qarovchisi boʻlgani uchun jazoni yengillatishni soʻragan. Aynan qizining qarovchisi boʻlgani uchun Salyanovaning 5 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi uy qamogʻi bilan oʻzgartirilgan. 15-30-iyungacha kardiologiya markazida davolangan sobiq bosh prokuror unda yurak yetishmovchiligi aniqlangani haqida aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi