
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov birinchilardan bo‘lib, respublika poytaxtida egasiz jonivorlar uchun boshpana ochdi. Shu paytgacha Chechenistonda bunday boshpanalar umuman bo‘lmagan.
«Odamlar kichik do‘stlarini uyda parvarish qilishlari, keraksiz o‘yinchoq sifatida chiqarib tashlamasliklari kerak. Bugun odamlar itlardan, ertaga esa osonlikcha o‘zlarining qari ota-onalari va «keraksiz» farzandlaridan voz kechadilar. Bu mutlaqo vahshiylikdir», — deydi Ramzan Qodirov.
Ramzan Qodirov egasiz jonivorlar boshpanasini ochgach, Marta laqabli it va Darira laqabli ko‘zi ko‘r mushukni o‘z uyiga olgan. Boshpana Rossiyadagi eng kattalaridan bo‘lib, 350 ta it va mushukka mo‘ljallangan. Boshpana Axmad xoji Qodirov jamg‘armasi pullariga qurildi. Bu yerda jonivorlarga qarash uchun veterinariya xizmati, qarovchilar, farroshlar shtati mavjud.
Hozirda ko‘plab ko‘ngillilar jonivorlarni boqishga yordam berishadi. Oilalar dam olish kunlari o‘z farzandlari bilan boshpanaga tashrif buyurishadi. Bu yerda maktab o‘quvchilari uchun mehr darslari o‘tiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar