
Foto: Daily Star
Amerikaning Plattsburg shahrida er-xotin ikki ogʻizli noodatiy baliq tutib oldi, deb yozmoqda Daryo.
Maʼlum boʻlishicha, Debbi Gedes oʻz turmush oʻrtogʻi Adam bilan Shampleyn koʻlida baliq ovlayotgan boʻlgan. Bir payt qarmoq odatdagidan ham kuchliroq tortilganini payqagan va kattaroq baliq ilingan boʻlsa kerak, deb oʻylagan. Ammo Debbi qarmoqni suvdan chiqarganda forel (gulmohi) baligʻini koʻrib, hafsalasi pir boʻlgan.
Uni koʻzdan kechirgan baliqchilar ogʻzi ikkita ekanligini koʻrgan. Baliqni bir necha marta suratga olgandan soʻng uni koʻlga qoʻyib yuborishga qaror qilishgan.
Juftlik olingan suratlarni Facebookʻdagi “Knotty Boys Fishing” guruhida joylagan. Adamning fikricha, mutatsiya oqava suvlar quyiluvchi Shampleyn koʻlining ifloslanishi natijasda yuzaga kelgan boʻlishi mumkin. Debbi esa ikkinchi ogʻiz boshqa baliqchi jarohat yetkazgani oqibatida paydo boʻlgan degan fikrda. Shunga qaramay, baliq sogʻlom va faol koʻringan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar