
Foto: «Pavon.kz»
Qozog‘istonning Pavlodar shahrida kambag‘al odam Lexus’da o‘z bolasi uchun xayriya yordamini so‘rab keldi, deb yozmoqda Daryo nashri.
Erkak «Pavlodar mehribonlari klubi» jamoat fondi ishtirokchilariga murojaat qilgan. Bu haqda volontyorlar o‘zlarining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan. Klub ishtirokchilarining so‘zlariga ko‘ra, bu yili ularga bolalarini maktabga tayyorlashda qiyinchilikka duch kelgan qariyb 300 ta oila yordam so‘rab murojaat qilgan.
«Biz bu oilalarni yaxshi bilamiz. Ular haqiqatdan ham moddiy jihatdan qiynalgan. Xayriya maktab papkalarini berish uchun bir kunni belgiladik. Ularni shaxsan ota-onalarning qo‘llariga topshirdik. Klubda bir nechta maktab buyumlari to‘plami qoldi. Ularni ijtimoiy o‘qituvchilar bergan zahira ro‘yxatidagi kam ta’minlangan oilalarga berishga qaror qildik», — degan tashkilot ishtirokchilari.
Bolasi kam ta’minlangan bolalar ro‘yxatida bo‘lgan oiladan bo‘lgan erkak volontyorlarga yordam so‘rab kelgan. Ma’lumotnomaga ko‘ra, bu oiladagi er-xotin 25 ming tenge (65 dollar) va 31 ming tenge (80 dollar)oylik oladi. Oila kam ta’minlangan va ko‘p farzandli.
«Biroq, keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bu oila boshlig‘i Lexus’ning eng so‘ngi rusumida yuradi, o‘zlari esa sifatli xususiy uyda yashaydi. Biz bunga shaxsan ishonch hosil qildik. Bizning so‘zlarimiz dalillar bilan isbotlangan. Qimmatbaho mashinaga xayriya kanselyariya buyumlarini joylashga ham uyalmadi», — deb yozgan volontyorlar.
Ularning ta’kidlashicha, ota-onalarning bu harakati ularning ko‘nglini sovutdi. Chunki bu narsalar haqiqatgdan ham muhtoj oilaga berilishi mumkin edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar