23:50 / 28.08.2019
5 038

Rossiyalik aktyor 100 kg vazn tashlagach tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi

Rossiyalik aktyor 100 kg vazn tashlagach tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi
Taniqli rossiyalik aktyor Aleksandr Semchev o‘z salomatligini nazoratga olib, 100 kg vazn tashlagach, tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi.

Avval 50 yoshli aktyorning vazni 190 kgni tashkil qilgan, biroq endi u deyarli 2 marta kamroq “tosh bosmoqda”. Aktyor semizlik muammosi va parhez bilan shifokorlar kuzatuvi ostidagina shug‘ullanish kerakligidan ogohlantirgan.

“Parhezshunoslar va endokrinologlar yordam berishi mumkin. Har kimda ortiqcha vazn hosil bo‘lishi o‘ziga xosdir”, deb aytgan Semchev va ozish qarori ongli va mustaqil ravishda qabul qilingandagina yordam so‘rab murojaat qilish kerakligini ta’kidlab o‘tgan.

Teletomoshabinlar ancha oriqlab ketgan aktyorda o‘z yoqimtoylarini bazo‘r tanishgan. “Qoyil! Tasmani varaqlab turib, e’tibor bermapman. Hozir yana ko‘zim tushib, bu kimligini endigina fahmladim”, “Qoyil-ey, tanib bo‘lmas darajada o‘zgaripti, shavvoz”, “Mana buni iroda desa bo‘ladi, maqtovga loyiq” degan izohlar bildirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik aktyor 100 kg vazn tashlagach tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi