3 448
Rossiya posyolkasidagi uzoq kutilgan yangi ko‘prik ochilgan kunining ertasiga qulab tushdi
Foto: Anastasiya Pristav
Sverdlovsk oblastining Filkino posyolkasida Kakva daryosi ustiga qurilgan yangi ko‘prik ochilish marosimining ertasiga qulab tushdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Aholi bu ko‘prikni 2017 yildan buyon kutayotgandi. Ularga avvaliga balandligi besh va eni 1,5 metrli ko‘prik qurib berish va’da qilingandi. Keyin esa eni bir metrli ko‘prik qurildi.
«Judayam tor. Bir sutkadan so‘ng qulab tushdi», — dedi nashr bilan suhbatda posyolkada yashovchi Anastasiya Pristav.
Serovskiy shahar okrugi rahbari Vasiliy Sizikovning aytishicha, ko‘prik qurilishi davom etmoqda va hali foydalanishga topshirilmagan.
Kakva ustidagi ko‘prik 2017 yilda buzilib ketgan, ma’muriyat aholiga daryoni kechib o‘tishda qayiqlardan foydalanishni taklif qilgandi. Prokuratura buni xavfli deb topgan, sud meriyaga ko‘prikni tiklashni topshirgandi. Ammo hokimiyat bu qaror ustidan shikoyat qilgach, tergov qo‘mitasi amaldorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi