Foto: Tengrinews
Qozog‘istonning Olmaota viloyatida jamoatchilik faoli Galina Arzamasovaga hujum qilganlikda gumonlanayotgan ikki kishi qamoqqa olindi. Tengrinews’ning xabar berishicha, ushbu ish bo‘yicha Olmaota viloyati Talg‘ar tumani Panfilov qishloq okrugi hokimi Nurg‘ali Appazov va uning haydovchisi bosh gumonlanuvchi edi.
«Talg‘ar tuman sudi 30 avgust kuni jabrlanuvchi Galina Arzamasova ishi bo‘yicha gumonlanuvchilarga nisbatan bir oy muddatlik qamoq jazosi ko‘rinishidagi ehtiyot chorasini qo‘llashga sanksiya berdi», — deya ma’lum qilgan Olmaota viloyat sudi matbuot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, jamoatchilik faoli Galina Arzamasova Panfilov qishloq okrugi hokimining e’tiborini hudud muammolariga — daraxtlarning noqonuniy kesilishi, yer maydonlarining noqonuniy ajratilishi, bolalarni maktabga tayyorlash, ko‘priklarni ta’mirlash, yoritish tizimini qayta tiklashga qaratmoqchi bo‘lib, 26 avgust kuni Talg‘ar tumani hokimligiga kelgan.
Shunda hokimlik ostonasida ayolga qarata o‘q uzilgan — o‘q uzganlar shu zahoti mashinaga o‘tirib, voqea joyidan qochib ketgan. «Bu Galinani qo‘rqitib qo‘yish bo‘yicha beshinchi urinish. Bungacha uni do‘pposlashdi, YTH ham uyushtirishdi. 7 iyul kuni hovlisiga o‘q uzib, yonuvchan qorishma tashlab ketishgandi. Bu ishlarning birortasi hali fosh etilmagan», — degandi Arzamasovaning dugonasi Saltanat Tashimova.
Ma’lumot uchun, avgust oyida Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov «Kun.uz» tahririyati xodimlariga tashlangan edi. Ushbu holat yuzasidan hokim o‘rinbosariga nisbatan biror chora ko‘rilgan-ko‘rilmagani haqida biror rasmiy axborot berilgani yo‘q.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi