Jahon banki tahlilchilari ta’kidlashicha, Tojikiston so‘nggi yigirma yil davomida o‘sish va boshqa yutuqlarga qaramay Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodi eng past ko‘rsatkichlarga ega davlat bo‘lib qolmoqda.
“Tojikiston o‘sish salohiyatiga ko‘maklashish” deb nomlangan hisobotda aytilishicha, 2000 yildan beri respublikada YaIM o‘sishi va kam ta’minlanganlarning sonini qisqarishish barqaror suratlarda olib borildi, ammo vaqt o‘tishi bilan ko‘rsatkichlar sekinlashdi.
“So‘nggi uch yil ichida Tojikiston iqtisodiyoti 20 foizdan ko‘proqqa o‘sdi, ammo qashshoqlik darajasi 2 foiz ko‘rsatkichga kamaydi”, - deyilgan hujjatda.
Xususan, mamlakatda aniq ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiyotda resurslarni qayta taqsimlash sezilarli darajada kuzatilmadi.
“Resurslar past unumdorlik bilan sotilmaydigan ichki sektorlarga jamlangan”, - deb ta’kidladi tadqiqotchilar.
Iqtisodchilar ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda Tojikistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi sezilarli darajada kamaydi.
JB ma’lumotida aytilishicha, 2030 yilga kelib Tojikiston hukumati aholi daromadlarini 2-3,5 baravarga oshirishni rejalashtirdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi