Foto: AP Photo/Richard Drew
AQShning sobiq mudofaa vaziri Jeyms Mettis Pokistonni jamiyatining radikallashuvi va yadro salohiyatining jadal oshib borayotgani sababli dunyodagi eng xavfli davlat deb atadi. U bu haqda o‘zining “Call Sign Chaos” deb nomlangan yangi kitobida yozdi. Avtobiografik asar 3 sentyabrda chiqdi.
“Biz dunyodagi eng jadal oshayotgan yadro arsenali bu davlatdagi terrorchilar qo‘liga tushishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Natija falokatli bo‘ladi”, deb ta’kidlab o‘tgan sobiq mudofaa vaziri o‘z kitobida.
“Siz radikallashgan jamiyatni olib, unga dunyoda eng jadal oshayotgan yadro arsenalini qo‘shsangiz, bizga nima uchun hozirda e’tiborni qurollanishni nazorat qilish va tarqatmaslikka qaratishimiz kerakligini anglab yetasiz. Bu hozirda dunyodagi eng katta muammodir”, deb davom ettirgan Mettis.
Uning aytishicha, bugungi kunda Pokistonda mamlakatning kelajagi haqida qayg‘ura oladigan yetakchi yo‘q.
Jeyms Mettis Donald Tramp ma’muriyati 2017 yil yanvarda o‘z ishini boshlaganidan Pentagonga rahbarlik qilgan. U Trampning Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqish qaroriga qarshi chiqqach, 2018 yil 31 dekabrda iste’foga ketgan. “Siz qarashlari qarashlaringizga mos keladigan mudofaa vaziriga ega bo‘lishga haqlisiz”, deb yozgandi general iste’foga ketishi oldidan Trampga yozgan maktubida.
Trampning o‘zi Mettisning mudofaa vaziri lavozimidagi faoliyatidan norozi qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)