date
views 3 029

Belarus Ukraina bilan chegarasini to‘liq yopdi

Belarus Ukraina bilan chegarasini to‘liq yopdi
Foto: Mixail Metsel/TASS
Belarus Ukraina bilan chegarasini to‘liq yopdi. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning ta’kidlashicha, bunga Ukrainadan qurol kirib kelayotgani sabab bo‘lgan.

“Biz o‘z inilarimiz, bizga yaqin odamlar bilan chegarani azaldan 1-raqamli dushman bo‘lib ko‘ringan NATOdan ham zichroq yopishga majbur bo‘ldik”, deb aytgan Lukashenko Minskda o‘tgan terrorchilikka qarshi innovatsion yondashuvlar bilan kurashish bo‘yicha xalqaro anjumanda.

U agar bu qurol “oddiy va ayniqsa millatchi kayfiyatdagi odamlar qo‘liga tushsa, terrorchilikni kutaver” deb aytgan.

Belarus davlat chegarasi qo‘mitasida ma’lum qilinishicha, 2018 yilda Ukraina bilan chegarada 800 dan ko‘proq o‘q-dori va 76 ta qurol musodara qilingan. O‘shanda Lukashenko davlatning janubiy sarhadlari qo‘riqlanishini kuchaytirishni buyurgan va chegarachilar soni oshirilishi mumkinligini aytgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belarus Ukraina bilan chegarasini to‘liq yopdi