
Foto: «RIA Novosti»
Pentagon rahbari Mark Esper Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Rossiyani Yevropadan uzoqlashtirmaslik haqidagi so‘zlariga izoh berar ekan, Moskvaga jahon sahnasida o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirishni tavsiya qildi, deb yozadi «Daryo».
«Rossiya o‘zini AQSh, Fransiya va bizning NATO bo‘yicha boshqa ittifoqdoshlarimiz baham ko‘radigan g‘arb qadriyatlariga sherik bo‘ladigan normal mamlakat kabi tutsa yaxshi bo‘lardi», — deydi Mark Esper Parijda o‘tgan matbuot anjumanida.
Esperning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya AQSh o‘rnatgan tartiblarga rioya qilishi kerak.
«Bu oldinga qarab harakatlanishning eng yaxshi usuli», — deydi Pentagon rahbari.
19 avgust kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Vladimir Putin bilan uchrashgan edi. Muzokaralar chog‘ida Makron Rossiyaning «haqiqiy Yevropa mamlakatidir» ekanligiga hamda «Lissabondan Vladivostokkacha» Yevropaga ishonishini aytgan edi.
Pentagon RahbariRossiya MamlakatiEmmanuel MakronYevropa SahnasidaNATO IttifoqdoshlarJahon Sahnasida O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar