Foto: RIA Novosti / Myudjaxit Kushman
Istanbulning Atakyoy tumanidagi restoranlardan birida endilikda mijozlarga ofitsiantlar o‘rniga robotlar xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda restoran direktori Mujohid Kushman ma’lum qilgan.
“Robotlarni mijozlarga xizmat ko‘rsatishga tatbiq qilish g‘oyasini bizga mijozlarimizdan biri bo‘lgan professsor taklif qilgandi. Biz bu g‘oyani hayotga tatbiq qildik. Shuningdek, o‘z robotlarimizni brendimizga aylantirdik va unga mualliflik huquqlarini rasmiylashtirdik. Hozir bizda 3 ta robot bor, ularni xorijda buyurtirganmiz, turk muhandislari esa ularni dasturlashtirgan”, deb aytgan restoran direktori.
Kushmanning ta’kidlashicha, robotlar restoranga ko‘plab mijozlarni jalb qilmoqda. “Ko‘pchilik bu qanday yuz berishini ko‘rish uchungina kelmoqda. Robotlar qaysi stol yoniga borishni va gapirishni biladi. Kelgusida ular ofitsiantlar o‘rnini egallashiga ishonchim komil. Texnologiyalar rivojlangani sari bu kasbga talab tobora kamayib boradi”, deb ta’kidlab o‘tgan restoran rahbari.
Uning aytishicha, “o‘zboshimchalik qilmaydigan, faqat buyurilganini bajaradigan robotlar hammaga yoqmoqda”.
Avgustda Istanbul aeroportida sinov rejimida robot-konsultantlar ishlay boshlagan. Ular insonga o‘xshash ko‘rinishda bo‘lib, yo‘lovchilarga aeroport hududida harakatlanishda yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Ular, shuningdek, chiptadagi matnni o‘qish, parvozlar haqidagi ma’lumotlarni displeyga chiqarish, turk va ingliz tillarida parvozlar jadvali bo‘yicha savollarga javob berish kabilarni bajara oladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi