
Foto: Eadaily
Toliblar delegatsiyasi Moskvaga keldi va Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov bilan uchrashdi. Bu haqda “Tolibon” harakatining Qatardagi siyosiy ofisi rasmiy vakili Muhammad Suhayl shahin ma’lum qildi.
"Delegatsiya Moskvaga yetib keldi. Biz Afg‘onistondagi tinchlik jarayonlari atrofidagi so‘nggi voqealarni muhokama qilish uchun Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov bilan uchrashdik", - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp tinchlik muzokaralari bekor qilinganidan so‘ng toliblarga qarshi yangi zarbalar berishni va’da qilgandi.
Toliblar Afg‘onistondagi navbatdagi terakt uchun javobgarlikni zimmasiga olganidan so‘ng Tramp “Tolibon” bilan tinchlik muzokaralari o‘tkazish bekor qilinganini bildirgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar