Rossiyada kelgusi yildan boshlab iqtisodiyotning qator tarmoqlarida chet ellik ishchilar ulushini qisqartirishmoqchi. Bu haqda RF Mehnat vazirligi axborot-xizmati ma’lum qilgan.
Tegishli loyiha ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda ma’qullangan.
"Rossiyaning ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha uchyoqlama komissiyasi yig‘ilishida RF hukumatining "2020 yilda RF hududida iqtisodiyotning alohida turlari bo‘yicha faoliyat olib boruvchi xo‘jalik sub’ektlari tomonidan ishlatiladigan chet ellik ishchilar ulushini belgilash to‘g‘risidagi" qarori ma’qullandi", - deya aniqlik kiritildi idorada.
Loyiha migrantlar uchun 2019 yilda o‘rnatilgan normani saqlab qolishni taklif etadi. Ammo qurilish vazirligi taklifiga ko‘ra, Amur viloyati, Buryatiya va Moskvada chet-ellik ishchilar kamayishi kutilmoqda.
Dog‘iston uchun 2020 yilda qurilish sohasida migrantlar ulushi alohida o‘rnatiladi va 50%ni tashkil etadi.
Shuningdek, Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi butun davlat miqyosida sabzavotlarni yetishtirish sohasida ham migrantlarning ulushini belgilashni taklif etdi.
Ta’kidlanishicha, migrantlar ulushining belgilab qo‘yilishi mehnat bozorining regional xususiyatlarini inobatga olgan holda ishchi kuchini jalb etishga hamda avvalo rossiyaliklarning ishga joylashishi ustuvorligini ta’minlashda yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?