
Qozogʻistonning Olmaota viloyatida 15-sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:20 da “Olmaota—Qoʻstanay” yoʻnalishi boʻylab harakatlanib kelayotgan yoʻlovchi poyezdi qoʻriqlanadigan temiryoʻl kesishmasida toʻxtab qolgan avtobusga kelib urildi.
Tengrinewsʻning xabar berishicha, avtobus haydovchisi voqea joyida halok boʻlgan. Uch kishi — bir ayol va kichik yoshdagi ikki bola tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Xabar berishlaricha, uchala jabrlanuvchi ham jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.
Politsiya maʼlumotlariga koʻra, avtobus haydovchisi taqiqlovchi signallarga qaramay, temiryoʻl kesishmasiga chiqib kelishi oqibatida YTH yuz bergan. Hodisa guvohlarining aytishicha, poyezd kelib urilishi muqarrar boʻlib qolgach, haydovchi barcha yoʻlovchilarni avtobusdan tushirgan, lekin oʻzi tushishga ulgurmay qolgan.
QozogʻistonPoyezd AvtobusYTH HodisasiOlmaota ViloyatiAvtobus HaydovchisiTan Jarohatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar